"Real" hujumchisi "Granada"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

"Real" hujumchisi Mariano Dias La Liga 36-turi doirasida "Granada"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

AS nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli forvard mushaklardagi muammo sabab jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti.

Ta’kidlanishicha, Mariano kecha yakka tartibda klub mashg‘ulotlar zalida shug‘ullandi.

Oldinroq, joriy mavsumning katta qismini jarohat sabab o‘tkazib yuborayotgan futbolchi mavsum so‘nggida "qaymoqranglilar" tarkibini tark etishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!