"Real" Iskoni "Barselona"ga o‘tib ketmasligi uchun uni arzonga sotib yubormoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa a’zosi Iskoning “Barselona”ga o‘tib ketmasligi uchun uni ingliz jamoalaridan biriga arzon narhga sotib yubormoqchi. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Iskoning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan “Chelsi” va “Tottenxem” futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 11,9 mln evro to‘lasa kifoya.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Barselona” Isko uchun 20 mln evro va qo‘shimcha bonuslar ham taklif qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum Ispaniya La Ligasining 22ta uchrashuvida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!