“Real” Italiya klubiga zo‘r taklif berdi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujum chizig‘iga serbiyalik Dushan Vlaxovichni olib kelmoqchi.
Calciomercatoweb saytining xabar berishicha, madridliklar bosh murabbiy ko‘zlagan to‘purarni olish uchun “Yuventus”ga o‘yinchi almashishni taklif qildi.
“Qirollik klubi” Vlaxovichning o‘rniga Turinga yarim himoyachilar – Eden Azar va Eduardo Kamavingani yuborishga tayyor.
“Yuventus” Dushan Vlaxovichni shu yilning yanvar oyida transfer qilgandi. Turinliklar serbiyalik forvard uchun “Fiorentina”ga 81 million evro to‘lagan. Vlaxovich joriy mavsumda 15 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga ettita gol yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar