“Real” Italiyadan taklif oldi
“Napoli” yozgi transferlar mavsumida “Real” asosiy tarkibidan chetda qolayotgan va ijarada yurgan Serxio Regilonni olishga harakat qilmoqda.
Neapolliklar bu futbolchi uchun Madrid klubiga 15 million evrolik taklif jo‘natdi. Biroq, bu taklif “Real” kutayotganidan kamroq bo‘lib chiqdi. “Qirollik klubi” rahbarlari Regilon uchun 25 million evro talab qilmoqda.
“Napoli” qator klublardan taklif olayotgan Regilonga besh yillik shartnoma tayyorlab qo‘ygan.

Fikrlar