"Real" kambek evaziga g‘alaba qozondi, ammo... (video)

  • 23.05.2021 01:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya La Ligasining so‘nggi 38-turida “Real” o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qildi.

Dramatik kechgan Madriddagi o‘yin 2:1 hisobida “qirollik klubi”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin oxirlariga qadar 0:1 hisobida ortda borgan “Real” Karim Benzema (87') va Luka Modrich (90') tomonidan so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga kambek qilib, g‘alabani ilib ketdi. “Vilyarreal” safida golni Yeremi Pino (20') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!