“Real” Karim Benzemani yana “Santyago Bernabeu”ga olib keladi

  • 16 oktabr, 2023, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozda klubdagi faoliyatini yakunlab, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga o‘tib ketgan Karim Benzemani yana “Santyago Bernabeu”ga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Madridliklar jamoaga mehnati singgan frantsiyalik hujumchi uchun xayrlashuv uchrashuvini tashkillashtirishni istayapti. Xayrlashuv o‘yinida “Real” va “Al-Ittihod” jamoalari o‘zaro kuch sinashishi ko‘zda tutilgan.

“Qirollik klubi” Karim Benzemaga bo‘lgan hurmatini shu tariqa izhor qilmoqchi.

Frantsiyalik forvard “Real” safida 2009 yildan 2023 yilning yozigacha to‘p tepdi. Karim barcha turnirlarda madridliklar uchun 648 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvovasini 354 marotaba ishzol qilgan va jamoadoshlariga 165 ta golli pas uzatgan.

Benzema “Real” bilan birga to‘rt marta Ispaniya chempioni va besh marotaba Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi va ko‘plab turli sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!