
"Real" Kazemiro o‘rniga "Bavariya" futbolchisini olib kelmoqchi
"Real" rahbariyati "Bavariya" xavbeki Yozua Kimmixning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Todo Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar Kimmixni tez-tez jarohat olib turadigan braziliyalik yarim himoyachi Kazemiroga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Yozuaning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 85 mln evroga baholanmoqda. Kimmix joriy mavsum “Bavariya” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar