"Real" klub himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi

  • 03.12.2025 17:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi jamoa himoyachisi Antonio Ryudiger bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.

Tecno

Jurnalist Eduardo Inda bergan ma’lumotga ko‘ra, "qirollik klubi" katta qiyinchilik tug‘dirgan transfer qilishdan ko‘ra, o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishni ma’qul ko‘rmoqda.  Avvalroq, "qaymoqranglilar" "Liverpul"dan Ibrohim Konate va "Bavariya"dan Dayo Upamekano transferlarini ko‘rib chiqayotgan edi. Ammo endi ispan granti bu variantlardan voz kechib, Ryudiger bilan shartnomani uzaytirishga bor e’tiborini qaratgan. Germaniyalik himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.  

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi 2022 yilda "Chelsi"dan "Real" safiga kelib qo‘shilgan edi. Shu davr mobaynida Antonio 158 ta uchrashuvda maydonga tushib 7 ta gol kiritgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!