
“Real” ko‘z tikkan futbolchini “Bavariya” olib qo‘ymoqchi
“Chelsi” sardori Ris Jeyms Ispaniya va Germaniya grand klublari orasida talash bo‘lmoqda. “Real” 23 yoshli himoyachini anchadan beri o‘z safida ko‘rmoqchi.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, iste’dodli futbolchi uchun kurashga “Bavariya” ham qo‘shilgan.
Ris Jeymsning transfer summasi 65 million evroga baholanmoqda. Uning “aristokratlar” bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
Londonliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Ris Jeymsga ishonch bildirishini ta’kidlab kelmoqda. Biroq himoyachining ko‘p jarohat olayotgani klub rahbariyatini uni sotib yuborishga ko‘nishida muhim omil bo‘lishi mumkin.
Fikrlar