“Real” “Liverpul” transferidan 20 million yevro ishlab oldi
Madridning «Real» klubi ispaniyalik qanot hujumchisi Viktor Munyosning «Osasuna»dan «Liverpul»ga transferi uchun 20 million yevro oladi.
Bu haqida mashhur insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Avvalroq, Angliya klubi 22 yoshli futbolchining transferini rasmiy e’lon qilgan edi.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» Munyosning «Osasuna» bilan shartnomasida ko‘rsatilgan 40 million yevrolik tovon pulini to‘lash orqali uning transferini amalga oshirgan. Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mablag‘ning yarmi – 20 million yevro madridliklar hisobiga o‘tkaziladi.
Viktor Munyos «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yil yozida «Real»ning yoshlar tizimiga qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda futbolchi La Liga va Ispaniya Kubogida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etgan.

Fikrlar