“Real” londonliklar yuborgan xabardan shokka tushdi
“Real” tarkibini kuchaytirish maqsadida Angliya Premer-ligasida porlayotgan Koul Palmerni nishonga olgan edi.
22 yoshli hujumkor futbolchiga “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola etarli darajada o‘yin amaliyoti bermagach, klub uni “Chelsi”ga 47 million evro evaziga sotib yuborgan edi.
“Aristokratlar” jamoasida ketma-ket ikkinchi mavsum eng samarali o‘yinchiga aylanib bo‘lgan Palmerning xaridorlari ko‘payib bormoqda. Hatto “Siti” mutasaddilari uni ortga qaytarish masalasini ko‘tara boshladi.
“Real” qiziqish bildira boshlaganidan keyin “Chelsi” o‘z o‘yinchisiga narx belgiladi. Unga ko‘ra, Palmerning transferini amalga oshirmoqchi bo‘lgan da’vogarlar londonliklar g‘aznasiga 200 million evro to‘lashi talab etiladi.
Bu narx “Qirollik klubi” rahbariyatini shokka soldi. Madridliklar bir futbolchi uchun buqadar katta xarajat qilishga tayyor emas ekan.



Fikrlar