"Real Madrid" hujumchisi shu qishdayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin
Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik yaqin orada muntazam o‘yin amaliyoti uchun boshqa jamoaga yo‘l olishi ehtimoldan xoli emas.
Braziliyalik forvard joriy mavsumda hali biror marta ham maydonga tushmagan. 19 yoshli futbolchi jarohatidan sog‘aygan va “qaymoqranglilar”ning zaxirasiga kiritila boshlagan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Xabi Alonso unga hozircha katta ishonch bildirmayapti.
Jurnalist Matteo Morettoning ma’lumotlariga ko‘ra, Endrik jamoadagi vaziyatidan qoniqmagan — u kelasi yozdagi Jahon chempionati oldidan muntazam o‘ynashni xohlamoqda.
Ehtimolga ko‘ra, yosh iste’dod yanvar oyida ijaraga jo‘nab ketadi. Unga La Liga, A Seriya va Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirmoqda.



Fikrlar