"Real Madrid" sobiq futbolchisiga APLning 3 grandi xaridor
"Komo" yarim himoyachisi Xakobo Ramon faoliyatini Angliyaning toʻp klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga koʻra, 21 yoshli futbolchining xizmatlariga Angliya Premier-ligasining 3 klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun Londonning "Tottenxem"va "Chelsi" klublari hamda "Liverpul" kurash olib borishi kutilmoqda. Biroq bu transferga Madriddning "Real" klubi toʻsqinlik qilishi mumkin. Chunki "qirollik klubi" Ramonni "Komo"dan 8 million yevroga sotib olish huquqiga ega. Futbolchining italyan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilda yakuniga yetadi. Uning transfer narxi 18 million yevroga baholangan.
Maʼlumot uchun, futbolchi joriy mavsumda umumiy 17ta oʻyinda ishtirok etib, 2ta golni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.
Fikrlar