"Real Madrid" tennischi Alkarasga tabrik yo‘lladi

  • 8 sentabr, 10:00
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Karlos Alkarasni AQSh ochiq chempionatidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Finalda ispaniyalik tennischi Yannik Sinnerni mag‘lub etdi.

Tecno

"Aziz Karlos Alkaras, sizni AQSh ochiq chempionatidagi ikkinchi g‘alabangiz, "Katta shlem" turnirlarida erishgan oltinchi zafaringiz hamda Jahon tennis reytingidagi munosib birinchi o‘rningiz bilan samimiy tabriklaymiz.

Biz, "Real" muxlislari, har doim yoningizda bo‘lamiz va siz bilan faxrlanishdan to‘xtamaymiz. Tabriklaymiz, chempion!"- deyiladi Madrid klubi xabarida.

Ma’lumot uchun, finalda u jahon reytingida birinchi o‘rinda turgan va chempionlik unvonini himoya qilayotgan Yannik Sinnerni mag‘lub etdi - 6:2, 3:6, 6:1, 6:4 hisobida. O‘yin 2 soat 42 daqiqa davom etdi. Ispaniyalik tennischi ketma-ket 13-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va mavsumda 61-marta g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!