
"Real Madrid"da tibbiy xizmat qayta tashkil etilmoqda
"Real" klubi o‘tgan mavsumda jamoa a’zolari orasida ko‘plab jarohatlar kuzatilgani sababli tibbiy xizmat tizimida bir qator kadr o‘zgarishlarini amalga oshirishga qaror qildi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zgarishlar faqat jarohatlar soni bilan bog‘liq emas — tibbiy xizmat xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan ichki mojarolar ham ish muhitini qiyinlashtirgan va klub rahbariyatini chora ko‘rishga majbur qilgan.
Shu bilan birga, tibbiy xizmat rahbari sifatida doktor Felipe Segura o‘z lavozimini saqlab qoladi. U 2021 yildan buyon klubda ishlab keladi va 2023 yildan buyon tibbiy bo‘limga rahbarlik qilmoqda.
Klub shuningdek, "Granada" jamoasida faoliyat yuritgan va "Real" ichida katta hurmatga ega Manuel Arroyoni ishga oldi. Yangi tizim doirasida shifokorlar Daniel Rosado va Xayme Abaskal jamoani tark etishi kutilmoqda.
Fikrlar