"Real Madrid"ning yana bir himoyachisi jarohati sabab "Barselona"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi!
"Real Madrid" himoyachisi David Alaba jarohati sabab "Barselona"ga qarshi bellashuvda maydonga tusholmaydi.
Avstriyalik futbolchi La Liganing 9-turidagi "Xetafe"ga qarshi (1:0) o‘yinning tanaffusida almashtirilgan edi. "The Athletic" nashriga ko‘ra, unda oyoqning ikkinchi qismidagi mushak jarohati aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Alaba 26 oktyabr kuni bo‘ladigan "El-klasiko"da ishtirok eta olmaydi.
Shu bilan birga, "Real"da himoya chizig‘ida muammolar ko‘paygan — jamoada yana olti nafar himoyachi jarohat olgan. Ular orasida Ferlan Mendi va Antonio Ryudiger "klasiko"ni aniq o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Dani Karvaxal, Din Xausen va Trent Aleksandr-Arnold ham tiklanish jarayonida.



Fikrlar