
"Real" "Manchester Siti" futbolchisi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor
Madridning "Real" jamoasi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. "Sport Witness" nashrining "Mundo Deportivo"ga tayanib xabar berishicha, "qirollik klubi" 29 yoshli futbolchi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor.
"Real" yarim himoyani mustahkamlashni maqsad qilgan va klub mutasaddilari Rodrini shunday yuksak summaga arziydigan yagona futbolchi deb hisoblashmoqda. Biroq, Madrid klubi unga ega chiqish oson bo‘lmasligini ham yaxshi anglab turibdi.
Shuningdek, ko‘plab mashhur nashrlar "qaymoqranglilar"ning Karreras transferidan keyin ham yana bir markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachi izlayotganini hamda sotib olmoqchi ekani haqida xabar berayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rodri o‘tgan mavsumning asosiy qismini og‘ir jarohat sabab, o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Tiklangandan so‘ng esa endigina bir necha uchrashuvlarda ishtirok etishga ulgurdi.
Fikrlar