
“Real” Mbappe bo‘yicha qarorini e’lon qildi
“Qirollik klubi” Frantsiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni Evropa chempionai yakunlanganidan keyin transfer qiladi.
Kilian Mbappening o‘zi ham madridliklar safiga qo‘shilmoqchi va shu bois, bir yildan so‘ng yakunlanadigan kelishuvini uzaytirmayapti.
Avvalroq, parijliklar “Real”da bu transfer uchun pul yo‘qligini ta’kidlagan edi. Biroq, madridliklar yozda uch nafar futbolchisi – Luka Yovich, Dani Sebalos va Braim Diasni sotib yuborib, bu transferlar tushgan mablag‘ni Mbappeni olishni yo‘naltirmoqchi.
“Real” Mbappe transferi bo‘yicha birinchi rasmiy taklifini Evropa chempionatidan keyin yuboradi.
Fikrlar