"Real" Mendini yana yo‘qotdi
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi jarohati sabab yana ma’lum muddat jamoaga yordam berolmaydi.
Marca nashrining yozishicha, frantsiyadik himoyachi La Liganing 4-turidan o‘rin olgan "Selt"ga qarshi o‘yindan oldin mushaklaridan jarohat olgan. Shifokorlar uning kamida 3 hafta maydonga tusholmasliklarini bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Mendi bundan 4 oy muqaddam, ya’ni o‘tgan mavsum oxirlarida ham jarohat olgan edi.
Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real" 4 turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan holda, La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar