
"Real" mensimagan o‘yinchini maqtashyapti
“Brentford” bosh murabbiyi Tomas Frank “Arsenal” yarim himoyachisi Martin Edegor namoyish etayotgan o‘yiniga ko‘ra, “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne darajasiga yaqinlashib qolganini aytdi.
- Menimcha Martin Edegor hozirning o‘zida Keyin de Bryuyne darajasiga etib qoldi, - dedi Tomas Frank “kanonirlar” futbolchisi haqida.
Edegor yaqinda “Arsenal” sardori etib tayinlandi. Mikel Arteta o‘tgan yili yozda uni “Real”dan to‘liq transfer qilgan edi. Madridliklar bir necha mavsum davomida unga o‘zini ko‘rsatish uchun etarli imkoniyat bermagandi.
Ko‘p mutaxassislar madridliklarni norvegiyalik futbolchining iqtidorini to‘g‘ri baholay olmaganligi uchun tanqid qilib keladi.
Fikrlar