
"Real" muxlislari bu xushxabardan xabar topishlari shart!
“Real” Madridning frantsiyalik futbolchilari - Ferlan Mendi va Karim Benzema Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ikkala futbolchi ham jarohatidan forig‘ bo‘lib, umumiy guruhda mashg‘ulotlarga kirishgan. Uelslik hujumchi Garet Beyl ham mashg‘ulot o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, "Selta" - "Real" uchrashuvi 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
34 yoshli Benzema joriy mavsumd "Real" safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi. 26 yoshli Mendi esa 26 uchrashuvda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar