"Real" muxlislari uchun ajoyib xushxabar!
"Pari Sen-Jermen" forvardi Kilian Mbappe frantsuz grandi safini yana bir yildan so‘ng tark etishga qaror qildi. Bu haqda El Chiringuito TV xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli to‘purar faoliyatini “Real”da davom ettirmoqchi. U bu haqda PSJ rahbariyatini ham xabardor qilgan.
Bundan avvalroq esa, Kilian APL klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mbappe PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 124 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 90 ta gol hamda 51 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar