
"Real" muxlislariga yaxshi, “Barsa” tarafdorlariga yomon xabar
"Bavariya" klubi va Avstriya terma jamoasi himoyachisi David Alaba mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartiradi.
Sky Sport Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining yangi jamoasi "Real" Madrid bo‘ladi. U “Qirollik klubi” bilan kelishuvga erishgan. Tomonlar 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi. Shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishilgan va uni imzolash qolgan xolos.
Alaba uchun “Barselona” ham jiddiy kurash olib borayotgan edi. Ammo endi kataloniyaliklar undan umidini to‘liq uzishlari mumkin.
David Alaba joriy mavsumda “Bavariya” tarkibida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar