"Real" nega Azarni ruhshunosga yubormoqchi?

  • 13.09.2020 17:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" o‘zining belgiyalik vingeri Eden Azarni ruhshunosga yuborishni rejalashtirmoqda.

Ok Diario nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati Azar yana jarohat olish qo‘rquvidan aynan ruhshunos yordamida xalos bo‘lishiga umid qilmoqda. Bosh murabbiy Zinedin Zidan futbolchiga o‘z formasiga qaytish imkoniyatini berish uchun individual rejani ishlab chiqdi.

29 yoshli Azar “Real” safiga 2019 yil “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa, 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!