"Real"ni Rodrini olmaslikka kim ko‘ndirgani oshkor bo‘ldi
«Real» nega Rodrini olib kelmagani ma’lum bo‘ldi. Yozgi transfer oynasi vaqtida «Real Madrid» mutasaddilari «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini jamoaga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqqan edi.
Biroq oxir-oqibat futbolchi «Barselona» safiga yo‘l oldi.
Jurnalist Jerar Romeronig ma’lum qilishicha, «Real»ning sobiq sardori Dani Karvaxal klub rahbariyatiga Rodri bilan shartnoma tuzmaslikni tavsiya qilgan. Unga ko‘ra, bunday transfer madridliklar kiyinish xonasida salbiy kayfiyat va ixtiloflarga sabab bo‘lishi mumkin edi.
Natijada «Real» jahon chempionatida eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan yarim himoyachini olib kelish rejasidan voz kechdi. Transfer oynasi yopilguncha madridliklar yana bir yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamadi.

Fikrlar