“Real” olishdan bosh tortgan yulduz La Ligadan boshqa klub tanladi

  • 18.07.2026 23:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandez Madridning “Atletiko” klubi uchun ehtimoliy transfer nishoniga aylandi.

Jurnalist Saymon Fillipsning ma'lum qilishicha, “matraschilar” argentinalik futbolchini shu yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Fernandezning o‘zi “Chelsi”ni tark etishni istaydi va “Atletiko”ga o‘tish g‘oyasini ma'qullagan.

Biroq asosiy muammo transfer narxida. “Aristokratlar” 25 yoshli futbolchi uchun taxminan 120 million funt sterling (140 million evrodan ortiq) talab qiladi.

Yoz boshida Enzo Fernandezga Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik “Qirollik klubi” rasmiy bayonot berib, futbolchini sotib olish niyati haqidagi barcha xabarlarni rad etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!