
“Real” orzusidagi futbolchiga 40 million evro tikdi
“Real” mutasaddilari chap qanotga mohir himoyachi qidirmoqda. Ular anchadan beri “Bavariya”ning kanadalik legioneri Alfonso Devisni mo‘ljallab yuribdi.
Relevo nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, “Qirollik klubi” 23 yoshli futbolchi uchun “Bavariya”ga 40 million evro taklif qilishni rejalashtirgan.
Devisning myunxenliklar bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi. O‘yinchining o‘zi “Real”ga ko‘chib o‘tishni istayapti va klubi bilan yangi bitim tuzgani yo‘q.
Alfonso Devis “Bavariya”ga 2019 yili AQShning “Vankuver” jamoasidan 14 million evroga transfer qilingan. Ayni paytda futbolchi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar