"Real" o‘z maydonida "Selta" darvozasiga 5 ta gol urdi, Benzemadan xet-trik (video)

  • 13 sentabr, 2021, 09:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 4-turida "Real" o‘z maydonida "Selta"ni qabul qildi.

Tecno

Madridda kechgan bahsda darvozalarga naqd 7 ta gol kiritildi. Yakunda esa “qirollik klubi” 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Real” safida gollarni Karim Benzema (24', 46', 87'), Vinisius Junior (54') va Eduardo Kamavinga (72') kiritdi, “Selta” safida esa Santi Mina (4')  va Franko Chervi (31') gol muallifi bo‘ldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!