“Real” o‘zaro to‘qnashuvda “Barsa”ga tegishli rekordni o‘chirib tashlamoqchi!

  • 22 oktabr, 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Selta” bilan kuch sinashib, safardan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Tecno

Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlari La Ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 42 ta uchrashuvga etkazib oldi.

Butun zamonlar rekordini takrorlash uchun madridliklar navbatdagi turda ham engilmasligi talab etadi. Oldindagi raqib esa, mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha amaldagi rekordchi “Barselona” hisoblanadi.

Agar “Real” 26 oktyabr kuni “Santyago Bernabeu”dagi bahsda durang yoki g‘alaba qayd etsa, mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha “Barselona”ga tenglashib oladi.

Madridliklarda undan keyingi turda, “Valensiya” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda ochko olish orqali yangi rekord o‘rnatish imkoniyati ham yuzaga keladi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 2017 yilning aprelidan 2018 yilning mayiga qadar biror marotaba engilmagan. “Real” esa, chempionat doirasida oxirgi marotaba 2023 yilning sentyabrida Madridning ikkinchi jamoasi “Atletiko”ga taslim bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!