"Real" prezidenti Lopetegining terma jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatilishi haqida nimalar dedi?

  • 15 iyun, 2018, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining Ispaniya terma jamoasidan iste’foga chiqarilishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz Lopetegi bilan kelishuvga erishdik va bu narsa JCh-2018da Ispaniya terma jamoasiga zarar qilmasligi uchun bu haqdagi xabarni oshkor etishga qaror qildik.

Dastlab hammasi ko‘ngildagidek kechayotgan edi. Biroq, keyinchalik vaziyat tamomila o‘zgardi. Endi ba’zilar bu vaziyatdan foydalanib, “Real”ni obro‘sizlantirishga urinishmoqda”, - deydi Peres.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi “Real” bosh murabbiyi deb e’lon qilinganidan so‘ng darhol Ispaniya terma jamoasidagi postidan ozod etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!