"Real" prezidenti "Manchester Yunayted" hujumchisi bilan uchrashadi

  • 19 mart, 2024, 15:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" "Manchester Yunayted" hujumchisi Alexandro Garnachoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Defensacentral" nashri xabar tarqatdi. 

Manbaning yozishicha, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti" o‘yiniga borgan vaqtida 19 yoshli futbolchi bilan Manchesterda ko‘rishmoqchi. Uchrashuv vaqtida prezident uni Madridga ko‘chishga ko‘ndirmoqchi. 

Ma’lumot uchun, Garnacho "qizil iblislar" tarkibida joriy mavsum 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol turgan va 4 ta golga assistentlik qilgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!