
"Real" PSJ futbolchisini sotib olmoqchi
"Real" Madrid yozgi transferlar oynasida navbatdagi xaridni amalga oshirishga urinib ko‘radi. Klub PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumni qo‘lga kiritmoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi Parij jamoasi rahbariyatidan o‘zini sotuvga qo‘yishlarini so‘ragan. Hozirda Frantsiya chempionlari unga bildirilgan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, Jorjino o‘tgan mavsum Liga 1ning 31 o‘yinida 1 gol va 3 assist qayd etgan. Parijliklar safiga kelib qo‘shilishidan oldin niderlandiyalik iste’dod egasi "Liverpul" tarkibida to‘p tepgan.
Fikrlar