
“Real” qaysarlik qilyapti
“Real” sardori Serxio Ramosning jamoa bilan tuzgan bitimi kelasi yilning yozida tugaydi. Hozir tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Futbolchining o‘zi klubdan ikki yillik shartnoma talab qilmoqda. Florentino Peres boshchiligidagi rahbariyati uni bir yilga olib qolmoqchi. Agar tomonlar kelisha olmasa, qishki transferlar vaqtida PSJ va “Yuventus” 34 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaralarni boshlashga tayyor.
Serxio Ramios 2005 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilmoqda. U madridliklar tarkibida jami 654 ta uchrashuvda 98 ta gol urgan. U to‘purar himoyachilar o‘rtasida rekordchi hisoblanadi.
Fikrlar