"Real" qozog‘istonlik futbolchiga qiziqib qoldi

  • 28 dekabr, 2023, 14:54
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" himoyachisi Nurali Alipga "Real" tomonidan qiziqish bor, deya xabar bermoqda "Tengri Sport" nashri. 

Alaba va Militao jarohat olgan bir vaqtda "Real" yanvarda markaziy himoyachi olib kelishi kutilyapti. Manba bergan xabarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchiga "qirollik klubi" bosh skauti Juni Kalafat e’tibor qaratmoqda.

"Zenit" himoyachisining vakillari allaqachon ushbu mish-mishlarga izoh berdi: "Nurali Alipga ko‘plab klublardan qiziqishlar bo‘lmoqda. Masalan, Turkiya klublari ham uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Real"ga kelsak, hali qog‘ozda taklif olganimiz yo‘q", - dedi futbolchining transfer masalasi bilan shug‘ullanuvchi agentlik. 

Qayd etish lozim, qozog‘istonlik futbolchining ayni dam "transfermarkt" portalidagi bahosi 3 million evroni tashkil qiladi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
28/12/2023 17:39
Abduqpdir Husonovni ol undan ko‘ra foydaliroq Militoni zaxiraga nixlaydi