
“Real” rahbariyati “Arsenal” futbolchisini tortib olmoqchi
“Arsenal” himoyachisi Vilyam Saliba “Real” nishoniga tushdi. Taniqli insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, madridliklar bu futbolchini olish bo‘yicha ish boshlagan.
22 yoshli frantsiyalik himoyachining London klubi bilan 2027 yilning yormigacha davom etadigan shartnomasi bor. Biroq bu “Qirollik klubi”ni xavotirga solayotgani yo‘q.
O‘z navbatida, “Arsenal” murabbiylar shtabi Saliba jamoadagi asosiy figuralardan ekanini ta’kidlab, uni qo‘yib yubormoqchi emas. Klub uni tarkibda olib qolish uchun yangi shartnoma tayyorlayapti.
Agar Saliba “kanonirlar” bilan bitimni yangilamasa, “Real” uning transferini 65 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga sotib olishi mumkin.
Fikrlar