"Real" rahbariyati futbolchilar bilan jiddiy gaplashib olmoqchi

  • 10 iyul, 17:41
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" rahbariyati futbolchilar bilan ularning maqsadlari va jamoadagi faoliyatini muhokama qilishga qaror qildi.

Tecno

"Real" rahbarlari ayrim futbolchilar jamoa uchun ishlashni xohlamayotganini ta’kidlab, bunga barham berishga intilmoqda, deya xabar bermoqda "Marca" nashri. Yaqin kunlarda ular ba’zi o‘yinchilar bilan suhbatlashib, ularning istaklari, maqsadlari va ishga bo‘lgan sadoqatini aniqlamoqchi.

Ta’kidlanishicha, Vinisius Juniorning hozirgi holati alohida tashvish uyg‘otmoqda. "Qaymoqranglilar" rahbarlari uning fikrlarini bilishni xohlamoqda.

Shuningdek, klub Rodrigo masalasida yakuniy qarorga kelgan va futbolchi uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Mbappe ham xavotir uyg‘otmoqda. Xabi Alonso o‘n bir nafar o‘yinchining barchasi maydonda harakat qilishi va kurashishi kerakligini aniq tushuntirgan, biroq PSJga qarshi o‘yinda bu kuzatilmadi.

Ma’lumot uchun, kecha madridliklar klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida PSJga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!