"Real" rahbarlari Endrikni bo‘yicha qaror chiqarishdi
Madridning "Real" klubi Xabi Alonso boshqaruvi ostida asosiy tarkibga kira olmayotgan forvard Endrik uchun rejalarini aniqlab oldi.
Payshanba kuni klub rahbariyati majlis o‘tkazdi, uning natijalariga ko‘ra braziliyalik futbolchini yanvar oyida ijaraga yuborishga qaror qilindi, deb xabar beradi jurnalist Markos Benito. Ma’lumki, "qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchining Ispaniyada qolishini emas, balki chet el klubiga o‘tishini afzal ko‘ramoqda.
Ijara g‘oyasini Endrikning o‘zi ham qo‘llab-quvvatlaydi. Joriy mavsumda 19 yoshli hujumchi biror marta maydonga tushmadi. Nufuzli Transfermarkt portali "Palmeyras" sobiq yulduzining narxini 35 mln evroga baholamoqda.



Fikrlar