
"Real" Ramosga o‘rinbosar topdi
Madridliklar "Yuventus" markaziy himoyachisi Matteys de Ligtni kuzatishmoqda. Xabar qilinishicha, klub mutasaddilari 20 yoshli himoyachini jamoa sardori Serxio Ramosga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda. Matteysdan tashqari "RB Leyptsig" futbolchisi Dayot Upamekano ham "qaymoqranglilar" e’tibori markazida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Serxio Ramos "gallaktikos" safida 2005 yildan buyon to‘p surib keladi.
Fikrlar