"Real" Raulga "Vilyarreal"ni boshqarishga ruxsat berdi

  • 8 sentabr, 2023, 11:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real Madrid" Raul Gonsalesni "Vilyarreal"ga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ispaniyalik mutaxassis Kike Seten istefoga chiqarilganidan so‘ng bo‘shatilgan “sariq suvosti kemasi” boshqaruvchisi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. "Marca" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, "Real" allaqachon Raulga "VilЬyarreal"da ishlashga ruxsat bergan. Endi hamma narsa murabbiyning qaroriga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Raul Gonsales "qaymoqranglilar"ning ikkinchi jamoasi boshqaruvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!