"Real" "RB Leyptsig" futbolchisini ko‘zlamoqda, ammo...

  • 4 sentabr, 2020, 00:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" vingeri Dani Olmo "Real"ning qiziqishlar doirasiga kirdi.

Tecno

Transfermarkt sayti Bild nashriga tayanib xabar berishicha, 22 yoshli ispaniyalik futbolchini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Buning uchun “Qirollik klubi” 40 mln evrodan voz kechishga tayyor. Biroq, Timo Verner va Patrik Shik kabi etakchi futbolchilarini sotib yuborgan “RB Leyptsig” Olmoni o‘zida saqlab qolmoqchi.

Olmo o‘tgan mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!