
“Real” rekord transferga tayyor
“Real” rahbariyati “Yuventus”ning etakchi himoyachisi Matteys de Ligtning transferini sotib olishga tayyorligini bildirdi.
Turinliklar niderlandiyalik futbolchining badal pulini 150 million evro miqdorida belgilagan. Biroq, bu summa 2022 yilning yozidan kuchga kiradi. Ungacha, tomonlar o‘zaro kelishib olishi mumkin.
“Qirollik klubi” Matteys de Ligtni jamoada so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan Serxio Ramosga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda. Ramosning o‘zi rahbariyat bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti va yozda manfaatli kelishuv taklif qilayotgan jamoalardan biriga o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar