"Real" Rodrigoni "Arsenal" futbolchisi bilan almashtirmoqchi
"Real Madrid" Rodrigoning ketishiga qarshi emas. Klubning yangi murabbiyi Xabi Alonso Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida braziliyalik futbolchiga ko‘p imkoniyat bermadi va uning kelajagi Madridda tushunarsiz qolmoqda.
"Defensa Central" nashrining xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" Rodrigoni "Arsenal" himoyachisi Vilyam Salibaga almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda. "Real" himoya chizig‘ini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Biroq, "kanonirlar" 24 yoshli Salibani qo‘yib yuborish niyatida emas. Frantsiyalik markaziy himoyachi yaqinda jamoa bilan shartnomasini uzaytirish umidini bildirgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Fikrlar