
"Real" Sebalosni "Arsenal"ga sotishni xohlamadi
Londonning "Arsenal" klubi "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalosni to‘liq sotib olish bo‘yicha harakat qilib ko‘rdi.
El Desmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun madridliklarga 29 million evro taklif qilishgan. Aytish kerakki, bundan avvalroq Sebalosning o‘zi ham Londonda qolish istagida ekanligini bildirgan edi. Ammo, “Real” futbolchining ushbu xohishiga qaramay “Arsenal”ning taklifini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” Sebalosni 2020 yilning 25 iyuliga qadar ijaraga olgan. U joriy mavsum 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi 45 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar