“Real” Shomurodov o‘ynayotgan chempionatdan zo‘r futbolchi topdi

  • 01.03.2021 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Qirollik klubi” mutasaddilari A Seriyada “Sassuolo” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Manuel Lokatelli “Real”ni kuchaytirishga qodir, deb hisoblanmoqda.

Aslida bu yarim himoyachiga “Manchester Siti” va “Yuventus” anchadan beri xaridor hisoblanadi. Endi futbolchi uchun kurashga madridliklar ham qo‘shildi.

“Sassuolo” yozda o‘z etakchisini ushlab qolishi qiyin bo‘ladi. Shu bois, klub rahbariyati 23 yoshli o‘yinchi transferini 40 million evroga baholamoqda va foyda ko‘rmoqchi.

Lokatelli “Sassuolo” sharafini 2018 yildan beri himoya qilmoqda. Joriy mavsumda iste’dodli futbolchi A Seriyada 21 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga ikkitadan gol va golli pas yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!