
“Real” sobiq futbolchisi faoliyatini Rim klubida davom ettirishi mumkin
"Real" sobiq himoyachisi Marselo faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin. Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, braziliyalikka Rimning “Latsio” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi "burgutlar" bilan shartnoma imzolashga qarshi emas. Biroq u rimliklar bilan kamida 2-3 mavsumga mo‘ljallagan bitim imzolamoqchi. Shu bilan birga, Marselo “Latsio”da yiliga 2,5 million evro maosh olish haqida o‘ylamoqda.
“Burgutlar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri ancha vaqtda beri chap qanot himoyachisi qidirayotgani qayd etilgan bo‘lib, braziliyalik futbolchi uning talablariga to‘liq mos keladi.
Ma’lumot o‘rnida, Marselo yakuniga etgan mavsum erkin agent maqomida “Real”ni tark etdi. U 2007 yildan beri “qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Fikrlar