“Real” sobiq futbolchisi Messini daho deb atadi
“Real”ning sobiq futbolchisi Xorxe Valdano PSJ hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
“Messi — daho. Leo shunday qobiliyat bilan tug‘ilgan. U — etakchi va top darajadagi futbolchi. Messi istalgan pozitsiyada erkin o‘ynay oladi. Bu uning eng yaxshi fazilatlaridan biri”, - deya Valdanoning so‘zlarini keltiradi “Tyc Sports”.
Messi 2005 yildan 2021 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilib kelgan. O‘tgan mavsum futbolchi erkin agent sifatida kataloniyaliklar safini erkin agent tark etib, PSJ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan..
Fikrlar