"Real" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
PSJ qanot himoyachisi Ashrash Hakimi Madrid klubiga qaytishi mumkin.
"Fichajes" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Fransiyaning PSJ klubi himoyachisi Ashraf Hakimi faoliyatini o‘zining sobiq klubi "Real Madrid"da davom ettirishi mumkin. Ta’kidlanishicha, klub prezidenti Florentino Peres marokashlik futbolchi orqali Dani Karvahalning o‘rnini to‘ldirmoqchi. Hakimining transfer narxi baland ekani ushbu kelishuvning amalga oshishini qiyinlashtirishi mumkin. Ashrafning ayni vaqtdagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda. Manbaga ko‘ra, fulbekning o‘zi Madriddga qaytishni istamoqda va buning uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor. Hakimining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, marokashlik futbolchi "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "qirollik klubi" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar