
“Real” so‘ragan futbolchini “Chelsi”ga sotib yuborishmoqchi
“Sevilya” rahbariyati jamoa himoyachisi Jyul Kunde transferi bo‘yicha “Chelsi” bilan muzokaralarni ijobiy yakunlash arafasida turibdi.
Londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel 22 yoshli futbolchini kelasi yili “Chelsi”ni tark etadigan 37 yoshli Tiagu Silvaning o‘rniga olib kelmoqchi.
Sevilyaliklar hozir davom etayotgan iqtisodiy inqirozni yumshatish uchun etakchi himoyachisini 55 million funtga sotishga tayyor.
Jyul Kundening o‘zi esa, qator klublardan taklif bo‘latganiga qaramay, “Real”da to‘p tepmoqchi. Madridliklar esa “Sevilya” so‘raganidan arzonroq, ya’ni 50 million evro bermoqchi.
Fikrlar