
"Real" Sterling uchun "Siti"ga 220 mln evro taklif qilmoqchi
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" forvardi Raxim Sterlingni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun “shaharliklar”ga 220 mln evro to‘lashga tayyor. Aytish kerakki, “Siti” Chempionlar ligasidan 2 mavsumga chetlatilgach Sterling jamoasini o‘zgartirishni o‘ylab ko‘rishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Sterling joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar