“Real” superfutbolchi uchun 100 million evro to‘laydigan bo‘ldi

  • 6 aprel, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi kutilayotgan madridliklar endi Bundesliganing eng zo‘r o‘yinchisi Florian Virts transferi bo‘yicha ish boshladi.

Insayder Antonio Gonsales Galyardoning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” rahbariyati 20 yoli yarim himoyachi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor.

Madridliklar Virtsni 2025 yilning yozida transfer qilmoqchi. Chunki “Bayer”ni chempion qilishga yaqin turgan hujumkor futbolchi kelasi mavsum ham Leverkuzenda qolishini ta’kidladi va o‘ziga bo‘layotgan ko‘p sonli chorlovlarga shu tarzda nuqta qo‘ydi.

Bundan tashqari, ispan grandi 2025 yilning yozida jamoa bosh murabbiyligiga “Bayer”da Florian Virtsga ustozlik qilayotgan Xabi Alonsoni ham olib keladigan bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!